Afg‘onistonda qayiq ag‘darilib ketdi
Hodisa oqibatida 25 kishi suvga cho‘kib ketgan

Holat Afg‘oniston sharqida joylashgan Nangarhor viloyatidagi daryoda yuz bergan. Cho‘kib ketganlar orasida bolalar ham borligi aytilmoqda.
Hozirgacha 5 nafar yo‘lovchi qutqarilgan. Yana besh nafao yo‘lovchining jasad topilgan. Hududga tibbiy guruh va tez yordam yuborilib, qolgan yo‘lovchilar qidirilmoqda.
Afg‘oniston matbuotiga ko‘ra, hudud aholisi ko‘prik yo‘qligi sababli qishloqlar va mahalliy bozorlar o‘rtasida oddiy qayiqlardan foydalanishadi. Shu bilan birgalikda Afg‘onistonda so‘nggi haftalarda yog‘ayotgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzlab odamlar halok bo‘lishgan.







