Hindistonda bir kunda 85 kishi issiqdan vafot etdi
Mamlakatning sharqiy sohilida vaziyat og‘irlashgan.

Hindiston shimoli-sharqidagi g‘ayritabiiy issiqlik tufayli bir sutkada kamida 85 kishi halok bo‘ldi. O‘lim holatlari Odisha, Bihar, Jharkhand, Rajastan va Uttar-Pradesh kabi shtatlarda qayd etilgan.
Mamlakatning sharqiy sohilidagi shtatda yuqori namlik tufayli vaziyat yana-da og‘irlashgan. U yerda 46 kishini issiq urgan, yana bir necha o‘nlab aholi kasalxonaga yotqizildi.
Qurbonlar orasida saylovchilar ham bor. Ular Hindistondagi saylov uchastkalarini umumiy parlament saylovlarining yakuniy bosqichiga tayyorlayotgan edi.







