Turkiyada turarjoy binosi qulab tushdi
Hodisa oqibatida halok bo'lganlar bor.

Istanbul g‘arbida to‘rt qavatli turarjoy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketgan.
Mahalliy nashlarning yozishicha, bino taxminan soat 8:45 da qulagan, hodisa sabablari hozircha nomaʼlum. Voqea joyiga politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar yetib kelgan.
Vayronalar ostidan bir kishi tirik holda olib chiqilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Keyinroq yana yetti kishi olib chiqildi, ulardan ikkitasi og'ir ahvolda.
Istanbul viloyati gubernatori Dovut Gulning so‘zlariga ko‘ra, bino 1988-yilda qurilgan bo‘lib, uning birinchi qavatida do‘kon joylashgan.







