Meksikani ilk bor ayol prezident boshqarishi mumkin
Ekzit-poll natijalariga ko‘ra, hukmron Morena partiyasidan nomzod Klaudiya Sheynbaum, prezidentlik saylovida 57 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

Meksikada yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Mexiko shahrining sobiq meri va amaldagi prezident tarafdori Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. Tarixda birinchi marta ayol kishi Meksika prezidenti bo‘lmoqda.
Dastlabki natijalarga ko‘ra, saylovchilarning 56 foizi Klaudiya Sheynbaumga, 30 foizi esa uning asosiy raqibi senator Xochitl Galvesga ovoz bergan.
61 yoshli Klaudiya Sheynbaum amaldagi prezident Lopes Obradorning hukmron partiyasi vakili hisoblanadi. Lopes Obradorning o‘zi, konstitutsiyaga ko‘ra, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ya olmaydi va shuning uchun u Sheinbaumni qo‘llab-quvvatladi.
Sheinbaum Mexiko fizik olim sifatida shuhrat qozongan. 2007 yilda Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo komissiya aʼzosi sifatida Tinchlik bo‘yicha kollektiv Nobel mukofotini olgan.







