AQSHda chegarani noqonuniy kesib o‘tganlarga boshpana berish vaqtincha taqiqlandi
Cheklovlar bugundan kuchga kiradi.

Prezident Jo Bayden AQSH janubiy chegarasini, yaʼni Meksika bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tgan migrantlarga boshpana berishni vaqtincha taqiqladi. Bu immigratsiya xizmati xodimlariga mamlakatda noqonuniy bo‘lgan odamlarni AQSHdan chiqarib yuborishni osonlashtiradi.
Cheklovlar 5 iyundan kuchga kiradi, biroq AQSH-Meksika chegarasida bir hafta ichida noqonuniy qochqinlarning kunlik hibsga olinishi soni 2500 nafardan oshsagina amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda Reuters Bayden maʼmuriyatidagi manbalarga tayanib. Shu bilan birga, agar kunlik hibsga olishlar soni 1500 ga tushsa, AQSHning janubiy chegarasi qayta ochilishi mumkin, bu choralar AQSHda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarni chiqarib yuborish jarayonini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Yangi cheklovlar bojxona va chegara qo‘riqlash mobil ilovasidan foydalangan holda chegarani kesib o‘tgan shaxslarga, shuningdek, tibbiy favqulodda vaziyatlarda odam savdosi qurbonlari va kuzatuvsiz bolalarga nisbatan qo‘llanmaydi.







