AQSH Isroilni himoya qilish maqsadida Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar qo‘llamoqchi
Qo‘shma Shtatlar Kongressi Vakillar palatasi Xalqaro Jinoiy sud mansabdor shaxslariga AQSH va uning ittifoqchilariga qarshi ish qo‘zg‘atishlari uchun cheklovlar qo‘yadigan qonun loyihasini qabul qildi.

Qonun loyihasi Vakillar palatasida 247 kongressmen tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Endi hujjat ovoz berish uchun Senatga yuborilishi kerak. Bu yerda demokratlar ko‘pchilikni tashkil qiladi va unga qarshi ovoz berilishi ehtimoli yuqori.
Cheklovlar “AQSH va uning ittifoqchilari himoyasi ostidagi har qanday shaxsni tergov qilish, hibsga olish yoki jinoiy javobgarlikka tortish uchun har qanday saʼy-harakatlarni amalga oshiruvchi” shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Mazkur qonun loyihasi Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Ahmad Xon Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuu va mudofaa vaziri Yoav Gallantni hibsga olish uchun order berishni talab qilganidan so‘ng ishlab chiqilgan.







