Bayden va Zelenskiy tez orada ikkita muhim uchrashuv o‘tkazadi
Bu haqida Oq uy xabar berdi.

AQSH prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ikki davlat rahbarlari Normandiya qo‘shin tushirilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan xotira tadbirlarida qatnashishlarini va iyun oyi o‘rtalarida Italiyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti doirasida uchrashish imkoniga ega bo‘lishlarini tasdiqladi.
"Prezidentlar o‘rtasidagi uchrashuvlarda havo hujumidan mudofaa masalalari muhokama qilinadi. Ukrainaga havo hujumidan mudofaa qobiliyati ko‘proq kerak, Qo‘shma Shtatlar esa “buning ustida ishlamoqda”. Kiyev shuningdek, doimiy ravishda qurol-yarog‘ bilan taʼminlanishi kerak, biz bu masalada ham yordam berishda davom etamiz", — deya aniqlik kiritdi AQSH prezidenti maslahatchisi.
Shu bilan birga, Sallivan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborish niyatida emasligini qo‘shimcha qildi.







