Chexiyada 2 ta poyezd to‘qnashib ketdi
Oqibatda halok bo‘lganlar bor.

Chexiyadaning Pardubitse shahri yaqinida ikkita poyezd to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi vafot etdi, yana 23 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 300 kishini olib ketayotgan yo‘lovchi poyezdi va yuk poyezdi yarim tunda to‘qnashib ketgan. Hozirda hodisa sodir bo‘lgan hududda transport harakati to‘xtatilgan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Unga 36 ta o‘t o‘chirish brigadasi va ikkita vertolyot jalb qilingan.







