Fransiyada terakt tayyorlashda gumonlangan shaxs hibsga olindi
Portlash natijasida gumonlanuvchi kuyish jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Fransiya terrorizmga qarshi prokuraturasi (PNAT) Sharl de Goll xalqaro aeroporti yaqinidagi Ruassi-An-Frans shahrida joylashgan mehmonxonada portlovchi moddani ishga tushirgan Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega erkakni hibsga oldi. Bu haqda Le Figaro manbasiga tayanib xabar bermoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Ukraina armiyasi uchun mo‘ljallangan Fransiya harbiy texnikasini yo‘q qilish uchun bir nechta portlovchi moslamalar yasamoqchi bo‘lgan.
Politsiya tintuv chog‘ida uning xonasidan portlovchi moslamalar va o‘qotar qurollar yasashga mo‘ljallangan materiallarni topdi. BFMTV telekanaliga ko‘ra, u yerda bir nechta pasport ham topilgan.
Le Figaro nashriga ko‘ra, gumonlanuvchi Donbassda tug‘ilgan, u Rossiya armiyasi safida ikki yil jang qilgan.







