Meksikada selfi tushmoqchi bo‘lgan ayolni poyezd urib ketdi
Uning yonida farzandi ham bo‘lgan.

Voqea 4-iyun kuni Nopala-de-Villagran shahrida sodir bo‘lgan. Imperator nomi bilan tanilgan poyezd Kanadadan Mexiko shahriga ketayotganda 25 yoshli ayolni urib ketgan.
Videoda selfiga tushmoqchi bo‘lgan ayolning boshiga poyezdning porshenlari tegib ketganini ko‘rish mumkin. O‘tkinchilar tez yordam chaqirgan bo‘lsada, ayol olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Uning yonida bo‘lgan farzandi tirik qo







