HAMAS yana isroilliklarni garovga olish bilan tahdid qildi
Harakat bunday bayonotni TsAXAL tomonidan Nuseyrat qochqinlar lageriga zarba berilishi natijasida 210 nafar falastinlik halok bo‘lgani munosabati bilan eʼlon qildi.

Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi amaliyot chog‘ida 2023 yil 7 oktyabrda musiqa festivaliga uyushtirilgan hujum chog‘ida HAMAS vakillari tomonidan garovga olinganlarning to‘rt nafarini ozod qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi.
Isroil va Rossiya fuqaroligiga ega 27 yoshli Andrey Kozlov, 25 yoshli Noa Aragamani, 21 yoshli Almog Meir Yan va 40 yoshli Shlomi Ziv asirlikdan qutqarildi.Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu asirga olinganlarni ozod qilishda qatnashgan barcha askarlarga minnatdorchilik bildirdi.

Falastinning HAMAS guruhi TsAXAL tomonidan garovdagilar ozod qilinganidan so‘ng, garovda ushlab turilgan boshqa isroilliklar ko‘p ekanini, shuningdek, garovga olinganlar sonini yana oshirishi mumkinligini taʼkidladi.
Isroilga ko‘ra, G‘azo sektorida 120 nafardan ortiq isroillik HAMAS tomonidan garovda ushlab turilibdi. Ulardan 41 nafari allaqachon o‘lgan deb tahmin qilinmoqda.







