Narendra Modi yana Hindiston Bosh vaziri bo‘ldi
U ketma-ket uchinchi marta shu lavozimni egalladi.

Hindistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan Hindiston xalq partiyasi yetakchisi Narendra Modi qasamyod qildi va uchinchi marta Hindiston bosh vaziri bo‘ldi.
Qasamyod qilish marosimi Hindiston telekanallari tomonidan jonli efirda namoyish etilgan.
Maʼlumot uchun, Modi ketma-ket uchinchi marta respublika hukumati rahbari lavozimini egallagan mamlakatdagi ikkinchi siyosatchiga aylandi. Undan oldin mustaqil Hindistonning birinchi bosh vaziri Javoharlal Neru ham ketma-ket bosh vazir bo‘lgandi.







