Ukraina ilk bor Rossiyaga samolyotdan hujum qildi
Kecha Belgorod viloyatida qo‘mondonlik punktiga zarba berilgan.

Ukraina Qurolli kuchlari samolyoti birinchi marta Rossiya hududidagi nishonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berdi. Bu haqda deb xabar Britaniyaning Sky news telekanali xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 9 iyun, yakshanba kuni Belgorod viloyatida qo‘mondonlik punktiga zarba berilgan. Hujumda qaysi turdagi o‘q-dorilar qo‘llangani, jumladan, u G‘arb quroli bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtgacha Ukraina Rossiya hududiga bir necha bor dron hujumlarini uyushtirgan, biroq Rossiya ichidagi nishonlarga zarba berish uchun harbiy samolyotdan foydalanilmagan.







