Jahon

BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasini qabul qildi

Rossiya ovoz bermadi va unga veto qo‘ymadi.

BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasini qabul qildi

AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan ilgari surilgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovda ushlab turilganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi taklifga ko‘nishga qaratilgan rezolyutsiya loyihasini BMT Xavfsizlik Kengashiga aʼzo 14 ta mamlakat yoqlab ovoz bergan. 

 

Reja uch bosqichdan iborat: birinchi bosqichida o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish, Isroilda hibsda ushlab turilgan falastinliklar evaziga HAMAS tomonidan garovda ushlab turilganlardan tiriklarni ozod qilish, o‘lganlarining jasadlarini berish nazarda tutilgan, deb yozadi BBC News. Ikkinchi bosqichda esa Isroil qo‘shinlarining G‘azo sektorini to‘liq tark etishlari, shuningdek “jangovar harakatlarning doimiy asosda to‘xtatilishi” ko‘zlangan. Uchinchi bosqichda AQSH va xalqaro hamjamiyatning qo‘llab-quvvatlashi bilan mintaqani keng ko‘lamli qayta tiklash rejasi boshlab beriladi.

 

BMT Xavfsizlik Kengashining qarori qabul qilinganidan ko‘p o‘tmasdan HAMAS rezolyutsiyaning maʼqullanishini olqishlashini eʼlon qildi. Guruh o‘t ochishni to‘xtatish rejasini bajarishga kirishishi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda, deya qayd etgan The Guardian.

 

Nashrga ko‘ra, garchi rezolyutsiya Isroil tomonidan qo‘llab-quvvatlangani qayd etilgan bo‘lsa-da, Isroil bosh vaziri avvalroq bu borada tanqidiy chiqishlar qilgan edi. Xususan, u "HAMASning harbiy salohiyati to‘liq yo‘q qilinmagunga qadar uzoq muddatli o‘t ochishni to‘g‘risidagi har qanday qaror istiqbolsiz", deb atagan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

BMT Xavfsizlik Kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasini qabul qildi | Zamon.uz