Dog‘istonda odamlar suvdan zaharlanmoqda
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Dog‘istonda 300 ga yaqin odam o‘tkir ichak infeksiyasidan aziyat chekmoqda. Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi vodoprovod suvi ichishgan. Ayni paytda shifoxonalarda 39 kishi davolanmoqda.
“Bugungacha barcha bemorlarga yordam ko‘rsatildi. Ular o‘rtacha og‘ir zaharlanish bilan yotqizilgan. Kasalxona barcha bemorlarni yetarli miqdorda dori-darmon bilan taʼminladi, Respublika markaziy yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokorlari ham taklif etildi”, - deydi Buynaksk shahar markaziy shifoxonasi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Murod Abutov.
Eslatib o‘tamiz, bunday holat respublikada birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Ikki yil oldin Dog‘istonda ommaviy zaharlanish bo‘yicha ikkita holat qayd etilgandi.







