Ilon Mask jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda
Mask hozircha bunga izoh berishdan bosh tortgan.

SpaceX kompaniyasining ishdan bo‘shatilgan sakkiz nafar xodima Ilon Maskni jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, sudga berdi.
Daʼvogarlarning aytishicha, Mask SpaceX kompaniyasida faoliyat yuritgan, o‘zidan 20 yosh kichik sobiq xodima bilan jinsiy yaqinlikda bo‘lib kelgan.
Sudga Ilon Mask o‘z xodimlarini jinsiy aloqa uchun taʼqib qilishi borasidagi bir qancha dalillar topshirilgan. 2014-yilda Maskning zavodida ishlagan xodima u bilan bir oy munosabatda bo‘lganini aytgan.
Ayol Ilon Mask bilan munosabatlari buzilgach, ishda muammolarga duch kelgan. So‘ngra u kompaniyani tark etgan. U vazifasidan ketishdan oldin Ilon Mask bilan avvalgi ish faoliyati davomida ro‘y bergan hodisalarni muhokama qilishni taqiqlovchi shartnoma imzolagan.







