Germaniyada futbol muxlisi bolta bilan odamlarga hujum qildi
Holat Yevro-2024 doirasidagi o‘yin oldidan sodir bo‘lgan.

Gamburgda bir kishi Yevro-2024 doirasidagi Polsha – Niderlandiya futbol o‘yini oldidan odamlarga bolg‘a va Molotov kokteyli bilan hujum qildi.
U futbol muxlislari va politsiyachilarga hujum qilgan. Politsiya uni bo‘ysundirish uchun qalampir gazidan foydalangan, hujum qilgan shaxs xavfli harakatlarni davom ettirganidan keyin politsiyachilar unga ogohlantiruvchi o‘q uzishgan.
Xabar berilishicha, erkak oyog‘idan og‘ir yaralangan va hozirda kasalxonaga yotqizilgan.







