O'zbekiston

Surxondaryo g‘alla topshirish rejasini birinchi bo‘lib bajardi

Bu haqida viloyat hokimligi maʼlum qildi.

Surxondaryo g‘alla topshirish rejasini birinchi bo‘lib bajardi

Surxondaryolik g‘allakorlar 2024 yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlab, 16 iyun holatiga don korxonalariga 210 ming 246 tonna sara tovar don sotib, shartnomaviy rejani 101 foizga bajardi.

 

Hokimlik xabariga ko‘ra, g‘alla xirmoniga ayrim fermer xo‘jaliklari 100 sentnerdan 107,2 sentnergacha bo‘lgan hosillari bilan o‘z hissalarini qo‘shishgan.

 

“G‘allakorlarimiz erishgan ushbu natija vohamizda qishloq xo‘jaligida joriy qilinayotgan iqtisodiy islohotlar, zamonaviy texnologiyalar hamda fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligining, klasterlar faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligining samarasidir”, – deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, joriy yilda voha g‘allakorlari gektarlar hosildorligini o‘rtacha 94 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 840 ming tonna sara don ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.

 

Ayni paytda esa viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Surxondaryo g‘alla topshirish rejasini birinchi bo‘lib bajardi | Zamon.uz