Makkada 14 nafar ziyoratchi issiqdan vafot etdi
Ularning barchasi Iordaniya fuqarosi bo‘lgan.

Saudiya Arabistonida haj vaqtida Iordaniyadan kelgan 14 nafar ziyoratchi vafot etdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 17 nafar ziyoratchi bedarak yo‘qolgan. Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi havo harorati keskin ko‘tarilishidan ogohlantirgan va ziyoratchilardan soat 11:00 dan 15:00 gacha ochiq havoda bo‘lmaslikni so‘ragan.
Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi Saudiya hukumati bilan marhumlarning jasadlarini ularning oilalari xohishiga ko‘ra dafn etish yoki tashish tartib-qoidalarini muvofiqlashtirayotganini aytdi.







