Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi
Tashrif Kim Chen Inning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 va 19 iyun kunlari “do‘stona davlat tashrifi” bilan Shimoliy Koreyada bo‘ladi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, KXDRga tashrif Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Pxenyanda Rossiya va KXDR xalqaro siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik masalalari bo‘yicha keyingi hamkorlikni nazarda tutuvchi keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirmoqda.
“Agar kelishuv imzolansa, u kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab beradi va u, tabiiyki, barchasini hisobga olgan holda imzolanadi. U mamlakatlarimiz o‘rtasida so‘nggi yillarda xalqaro siyosat, iqtisodiy soha, barcha yo‘nalishdagi munosabatlar, shu jumladan xavfsizlik masalalarini ham hisobga oladi”, dedi Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov.







