Jahon

Putin 24 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 iyun kuni davlat tashrifi bilan Pxenyanga bordi. Bu haqida Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Putin 24 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning butun tarixi davomida bu Putinning Pxenyanga 2000 yildan keyingi birinchi tashrifi hisoblanadi. Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi ikki kun davom etadi, asosiy uchrashuv 19 iyunga belgilangan. Chorshanba kuni turli formatlarda muzokaralar rejalashtirilgan, eng muhimi Rossiya va KXDR rahbarlarining yuzma-yuz uchrashuvidir.

 

Tashrifning rasmiy qismi 19 iyun kuni tushda Putin va Kim Chen Inning uchrashuv marosimi bilan boshlanadi. Anʼanaga ko‘ra, Rossiya va KXDR madhiyalari yangraydi, faxriy qorovul saf tortadi, davlat rahbarlariga ikki davlat delegatsiyalari tanishtiriladi. Keyin qarorgohda Rossiya — Koreya muzokaralari boshlanadi.

 

Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov tashrif dasturida juda qizg‘in, muzokaralar, eng muhimi, Putin va Kim Chen In o‘rtasida norasmiy yakkama-yakka muloqot ko‘zda tutilganini aytdi.

 

Kunning ikkinchi yarmida qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan, muzokaralar yakunida Rossiya prezidenti va KXDR yetakchisi matbuot uchun bayonot beradi.

 

Eng muhim hujjatlardan biri bu Rossiya va KXDR o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi yangi shartnomadir. Bitim Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida 1961, 2000 va 2001 yillarda imzolangan fundamental hujjatlar o‘rnini egallaydi.

 

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, yangi shartnoma "dunyo va mintaqadagi geosiyosiy vaziyatning chuqur evolyutsiyasi, shuningdek, so‘nggi paytlarda ikki tomonlama munosabatlarda yuz bergan sifatli o‘zgarishlari bilan belgilanadi".

 

U yangi shartnoma harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni nazarda tutadimi yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Putin 24 yil ichida ilk bor Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi | Zamon.uz