Qozog‘istonlik politsiyachi 32 tonnalik samolyotni tortib, rekord o‘rnatdi
U harbiy tergov bo‘limi katta tergovchisi bo‘lib ishlaydi.

Qozog‘istonlik politsiyachi yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Bauyrjon Kamaliyev og‘irligi 32,5 tonna, uzunligi 10 metr bo‘lgan samolyotini sudrab, joyidan qo‘zg‘ata oldi.
“Ushbu toifadagi jahon rekordi 32 tonna 100 kilogrammni tashkil etgani va ushbu samolyotning og‘irligi 32 tonna 500 kilogrammdan ortiq ekanligini inobatga olib, rekord 400 kilogrammdan ortiqroqqa yangilandi”, — dedi Qozog‘iston Rekordlar kitobi rasmiy vakili Kuandik Kudaybergenov.
An-74TK-200 samolyoti yuk va harbiy qutqaruv xodimlarini tashish uchun mo‘ljallangan. Uning quvvati 10 tonnagacha. Samolyotni boshlang‘ich nuqtaga olib borish uchun o‘nlab harbiy xizmatchilarning kuchi kerak bo‘lardi.







