O'zbekiston

Andijonda kuyovning jarimasini qaynota to‘ladi

U xotinining mashinasida 68 marta qoidabuzarlik qilgan.

Andijonda kuyovning jarimasini qaynota to‘ladi

 

Andijon viloyatida kuyov xotinining mashinasida 68 marta qoidabuzarlik qilgani aniqlandi. Unga ko‘ra, Andijon shahrida yashovchi M.A. turmush o‘rtog‘ining egaligida bo‘lgan Lacetti’ni boshqarib, yo‘llarda harakatlanish tezligini muntazam ravishda me’yoridan oshirib kelgan. Natijada 68 marotaba ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.

 

Viloyat IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limiga kelib tushgan jarima solish to‘g‘risidagi 68 ta qarorlarga muvofiq M.U.dan jami 28 million so‘m undirilishi belgilangan. Bo‘lim davlat ijrochisi avtomashina egasini jarima pullarini to‘lashi yuzasidan ogohlantirgan. Shuningdek, qarzdorlik to‘lanmagani sababli avtomashina jarima maydoniga olib kirib qo‘yilgan.

 

Shu sababli kuyovi M.A. boshqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uchun qaynota 28 million so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalarni to‘lab berishini bildirdi va qizining egaligidagi avtomashinani jarima maydonidan olib chiqdi.

custom img

Avgust oyida Prezident Xalq qabulxonalariga 76 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi

Eng ko‘p murojaatlar bola nafaqasi, aliment va gaz ballonlari masalalariga oid bo‘lgan.

custom img

Sirdaryoda ikki IIB xodimi jinoyat sodir etib, qamaldi

Ulardan biriga 5 yil 1 oy, ikkinchisiga esa 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Birinchi qavatdagi xonadonlardan savdo va servis uchun foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Bunda xonadonlarni noturar joy toifasiga o‘tkazish shart bo‘lmaydi.

custom img

Qishloq tumanlarida ehtiyojmandlarni ishga olgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 2 foiz bo‘ladi

Aholi bandligi va daromadini oshirish bo‘yicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

custom img

Farg‘onada ikki hamshira pichoqlandi, ulardan biri vafot etdi

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Ertaga O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o'tkaziladi

Tashabbus atmosferaga zararli tashlamalarni kamaytirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Ertadan Toshkentdan Andijonga tezyurar elektropoyezd qatnovi boshlanadi

Yangi elektropoyezd amaldagi poyezd tarkibi o‘rniga harakatlanadi.

custom img

Farg‘onada ikki ayolni Moskvaga fohishalik uchun yubormoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

U ayollarga aviachiptalarni o‘z hisobidan olib berishini aytib, keyinchalik ularning daromadining yarmini olishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"