Kanada Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini “terrorchi tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritdi
19-iyun kuni tegishli qarorni eʼlon qilgan Kanada Jamoat xavfsizligi vaziri Dominik Leblan buni "global terrorizmga qarshi kurashda muhim vosita", deb atadi.

Kanadaning ushbu qurolli tuzilmani terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritishi Eron hukumatining Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga aloqador minglab yuqori martabali amaldorlarining Kanada hududiga kirishi taqiqlanishini anglatadi.
Maʼlumot uchun: Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Erondagi yirik harbiy, siyosiy va iqtisodiy kuch bo‘lib, mamlakat oliy yetakchi Oyatulloh Ali Xomaneiy hokimiyatining tayanchi hisoblanadi.







