Yerevan bir oy ichida Boku bilan tinchlik shartnomasi tuzishga tayyor
Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan ma’lum qildi.

Mirzoyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston muhim takliflar bildirgan, ammo bu masalada Ozarbayjon tomondan hech qanday javob olinmagan.
"Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tinchlik shartnomasini yakunlash nihoyatda muhim, biz Bokuga konstruktiv takliflar yubordik, biz Armaniston tomoni taklif qilganidek, kelishuvni yaqin oy ichida tuzishga tayyormiz", — deya aniqlik kiritdi Armaniston TIV rahbari.







