Jahon

Sevastopolga raketa hujumi uyushtirildi

SSVga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan.

Sevastopolga raketa hujumi uyushtirildi

Hodisa 23 iyun kuni soat 12:20 atrofida yuz bergan. Rossiya Mudofaa vazirligi Sevastopol "Amerikaning kassetali o‘q-dorilarga ega ATACMS raketalari" bilan o‘qqa tutilgani haqida xabar qilgan. Harbiy idora tarqatgan xabarga ko‘ra, to‘rtta raketani urib tushirishga muvaffaq bo‘lingan. Yana bitta raketa "havo hujumidan mudofaa vositalari harakati taʼsirida oxirgi bosqichda parvoz trayektoriyasidan chetga og‘gan va jangovar qismi shahar hududi ustida portlagan".

 

Raketa parchalari shaharning bir necha rayonlariga tushgan. Jumladan, Sevastopol rahbari o‘rinbosari Aleksandr Kulaginning xabar berishicha, Uchkuyevka hududidagi plyajga ham raketa parchalari tushgan. Shuningdek, raketa qoldiqlari qulashi oqibatida turar joylardan birida va o‘rmonda yong‘in chiqqan.

 

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan, 124 kishi jarohatlangan. Sevastopol shahri maʼmuriyati rahbari jabrlanganlar soni ortishi mumkinligini istisno etmagan va 24 iyun kunini Sevastopolda qurbonlar xotirasiga motam kuni deb eʼlon qildi.

 

custom img

Zelenskiy Putinga ochiq xat yo‘llab, uchrashuv taklif qildi

Ukraina prezidenti uchrashuv uchun neytral maydon sifatida Shveytsariya, Turkiya yoki arab davlatlaridan birini taklif qilgan.

custom img

Turkiyada 29 yoshli o‘zbekistonlik ayol o‘z joniga qasd qildi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fojiali holat yuzasidan ma’lumot berdi.

custom img

Hizbulloh Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh shartlarini rad etdi

Guruh Isroil qo‘shinlarining Livandan chiqishini talab qilmoqda.

custom img

AQSHda 4,5 million dollarlik tovarlarni o‘g‘irlashda gumonlangan o‘zbekistonliklar ushlandi

Gumonlanuvchilar omborlardan sigaretalar, qimmatbaho pishloqlar, go'sht va mis mahsulotlarini olib chiqib ketishgan.

custom img

AQSh Eron bilan sulhdan voz kechishi mumkin — WSJ

Tramp amerikalik harbiylar halok bo‘lsa, Eronga qarshi harbiy amaliyotlarni qayta boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

Isroil va Livan sulhni amalga oshirishga kelishdi — mintaqaviy keskinlik yumshashi mumkin

Mazkur sulh ortidan Eron bilan bog‘liq muzokaralarda ham siljish bo‘lishi kutilmoqda.

custom img

Rubio Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi

AQSh dablat Kotibi SSSR vaqtida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun iqtisodiy cheklovlar - Jekson–Vanikni bekor qilishni qo‘llab-quvvatladi.

custom img

Tramp Anqarada bo'lib o'tadigan NATO sammitida qatnashadi

AQSh Davlat kotibiga ko‘ra, ushbu yig‘ilish NATO tarixidagi eng muhim sammitlardan biri bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"