Italiyada kutilmaganda qor yog‘di
Qorning qalinligi 10 santimetrdan oshdi.

Italiyaning ayrim hududlarida havo harorati keskin pasayib, qor yog‘a boshladi. Bu yilning shu davri uchun mutlaqo g‘ayrioddiy tabiat hodisasi hisoblanadi. Hozirda qorning qalinligi 10 santimetrdan oshdi.
Meteorologlarning aytishicha, bu noodatiy hodisaga Islandiyadan kelayotgan sovuq havo massasi sabab bo‘lgan, bu esa Italiyada haroratning keskin pasayishiga olib kelgan.
Sinoptiklar sovuq ob-havo kamida payshanba kuniga qadar davom etishini taxmin qilmoqda.







