Jahon

Keniyada soliqlarning oshishiga qarshi namoyishlarda 23 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilingan.

Keniyada soliqlarning oshishiga qarshi namoyishlarda 23 kishi halok bo‘ldi

Reuters agentligining xabar berishicha, tartibsizliklar oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi va 50 ga yaqin odam yaralandi. Suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlardan foydalanish muvaffaqiyatsizlikka uchragach, politsiya rezina o‘qlarni otishni boshlagan. Politsiyaga yordam kuchi sifatida harbiylar yuborildi.

 

Soliqlarni oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlament binosiga olomonning bostirib kirayotgan vaqtda, milliy parlament tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi. Ovoz berishdan so‘ng deputatlar yer osti tunneli orqali olib chiqildi. Keniya prezidenti Uilyam Ruto soliq muhokamasi haqida gapirar ekan:

 

"O‘zini tinch namoyishchilar sifatida ko‘rsatayotgan jinoyatchilarning xalqni qo‘rqitayotganini qabul qilish mumkin emas va hatto aqlga sig‘maydi", — deya taʼkidladi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Covid pandemiyasi, Ukrainadagi urush, ikki yillik qurg‘oqchilik va mahalliy valyutaning qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan bir qator iqtisodiy zarbalar tufayli mamlakat hukumati soliqlarni oshirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Keniyada soliqlarning oshishiga qarshi namoyishlarda 23 kishi halok bo‘ldi | Zamon.uz