Jahon

Bugun Eron xalqi yangi prezidentni saylamoqda

Saylov uchastkalari soat 07:00 dan ochildi.

Bugun Eron xalqi yangi prezidentni saylamoqda

Saylov shtabi vakili Muhsin Islomiyga ko‘ra, saylov uchaskalari soat 17:00 da yopiladi, biroq agar zarur bo‘lsa, ularning ish soati uzaytiriladi. Uchastkalarda xavfsizlikni taʼminlash uchun 180 ming nafar politsiya xodimi jalb qilingan.

 

Eron prezidenti bo‘lish uchun kurash Muhammad Boqir Qolibof (parlament spikeri), Said Jaliliy (diniy rahnamoning mamlakat xavfsizlik kengashidagi vakili), Mustafo Purmuhamammadiy (ichki ishlar va adliya vazirliklarining sobiq rahbari) hamda Masʼud Pezeshkiyon (sobiq sog‘liqni saqlash vaziri) o‘rtasida kechmoqda.

 

Saylovga oz qolganida Tehron shahri hokimi Alirizo Zakoniy o‘z nomzodini qaytarib oldi. U nomdor konservator siyosatchilar Jaliliy va G‘olibof o‘z kuchlarini islohotchi Pezeshkiyonga qarshi birlashtirishini istab shu yo‘lni tutgan.

 

Ibrohim Raisiy vertolyot halokatida qurbon bo‘lganidan so‘ng, Eronda prezident saylovi navbatdan tashqari o‘tkazilmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Bugun Eron xalqi yangi prezidentni saylamoqda | Zamon.uz