Jahon

Turkiyadagi restoranda portlash yuz berdi

Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Turkiyadagi restoranda portlash yuz berdi

Turkiyaning Izmir shahridagi restoranlarning birida gaz balloni portlashi oqibatida yong‘in yuz berdi. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 63 kishi yaralangan. Shuningdek, restoran atrofidagi 11 ta binoga zarar yetgan.

 

Hozirda voqea yuzasidan prokuratura tomonidan tergov boshlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"