Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo bo‘ldi
Tegishli qaror Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishida imzolandi.

Shunday qilib, Belarus ShHTning to‘la huquqli, o‘ninchi aʼzosiga aylandi. Tashkilotda Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston ham xuddi shunday maqomga ega.
"Belarus Respublikasini Shanxay hamkorlik tashkilotiga to‘liq aʼzo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, hurmatli Aleksandr Grigorevich, bugun Belarus tarixida yorqin sahifa bo‘lishiga ishonchim komil", — deydi ShHTning bu galgi sammitida raislik qilayotgan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev.
U, shuningdek, Belarus ShHT makonida xavfsizlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shishiga ishonch bildirgan.







