NATO davlatlari 2025-yilda Ukrainaga 40 milliard yevro yordam ajratadi
Reuters agentligi G‘arb diplomatlariga tayanib xabar berishicha, qaror Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti chog‘ida tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Alyans bosh kotibi Stoltenberg NATO davlatlarini Ukrainaga yiliga kamida 40 milliard yevrolik yordam ko‘rsatish majburiyatini olishga chaqirgan, biroq harbiy blok aʼzolari tashabbusni qo‘llab-quvvatlamagan edi.
Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, alyans aʼzolari NATOning bo‘lajak sammiti oldidan Ukrainaga ajratiladigan yordamdagi o‘z hissalarini ko‘rib chiqishga kelishib olgan.







