Hindistonda odamni chaqqan ilon o‘lib qoldi
Erkak uni boshidan uch marta tishlab olgan.

Holat mamlakatning Bixar shtatida yuz bergan. Temiryo‘l qurilishida ishlovchi erkak o‘z xonasida uxlab yotganida zaharli ilon kirib kelib, uni chaqib olgan. Bundan g‘azablangan Santosh ismli erkak ilonni ushlab boshidan tishlab olgan.
U sudraluvchini uch marta tishlab olganidan so‘ng ilon voqea joyidan halok bo‘lgan.
“Mening qishlog‘imda ilon tishlasa, zaharni zararsizlantirish uchun uni ikki marta tishlash kerak, degan eʼtiqod bor”, deya o‘z harakatiga izoh bergan Santosh.
Voqeadan so‘ng temiryo‘l xodimlari Santoshni yaqin atrofdagi shifoxonaga davolanish uchun shoshilinch ravishda olib ketishgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.
Mahalliy aholining ko‘pchiligi ilon zaharli bo‘lmagan bo‘lishi mumkin, aks holda Santoshning hayoti xavf ostida qolardi, deya taxmin qilishdi.







