O'zbekiston

Prezident Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuv yuzasidan fikr almashilgan.

Prezident Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Xitoy parlamenti rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilmoqda.

 

Ostona shahridagi SHHT sammiti doirasida o‘tgan oliy darajadagi samarali muzokaralar natijalari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga yangi surʼat bag‘ishlashiga ishonch bildirildi.

 

Xitoy O‘zbekistondagi Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish dasturini, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va “yashil” energetika sohalarida strategik hamkorlik dasturlarini qabul qilish rejalarini qatʼiy qo‘llab-quvvatlayotgani tasdiqlandi.

 

“Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhimligi qayd etildi.

 

Jadal hududlararo aloqalarga yuqori baho berildi. Kelgusi yilda ikkinchi Hududlar forumi o‘tkaziladi.

 

O‘zbekistonda Xitoy oliy o‘quv yurtlarining filiallarini ochish, professional taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Konfutsiy instituti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi. Kelgusi yilda ikkinchi Taʼlim forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuv yuzasidan fikr almashildi.

 

Parlamentlararo hamkorlikni yana-da kengaytirish, parlament aʼzolari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qonun ijodkorligi tajribasini o‘rganish zarurligi alohida taʼkidlandi.

 

Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilish nazarda tutilgani qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Xitoy parlamenti rahbarini qabul qildi | Zamon.uz