O'zbekiston

Bankdan 370 mlrd so‘m pul o‘g‘rilamoqchi bo‘lgan kiberjinoyatchilar ushlandi

Poytaxtdagi banklardan birining sobiq xodimi bank mutaxassisidan maxfiy kodlarni sotib olib, ikki sherigi bilan pullarni o‘g‘irlab, chet elga o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Bankdan 370 mlrd so‘m pul o‘g‘rilamoqchi bo‘lgan kiberjinoyatchilar ushlandi

DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar IIBB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, bank hisob raqamlari hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablag‘larini xakerlik hujumi orqali noqonuniy o‘zlashtirishga uringan shaxslarning qilmishlari fosh etildi.

 

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahridagi banklardan birining sobiq xodimi hozirgi kunda mazkur bankda mutaxassis lavozimida ishlovchi tanishidan bankning dasturiy taʼminoti va hisob raqamlariga kirish imkoniyatini beruvchi kodlarni 6500 AQSH dollari evaziga sotib olgan. 

 

So‘ngra, u Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlari uchun 3 marotaba sudlangan shaxs hamda Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro til biriktirib, dastlab bank hisob raqamlarida hamda bank ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan jami 370 mlrd so‘m mablag‘ni xaker jalb qilgan holda o‘g‘irlashni, keyin esa offshor hududlar orqali chet eldagi tanishlariga tegishli hisob raqamlarga o‘tkazishni reja qilishgan.

 

Qonunbuzarlar 189 mlrd so‘mni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishga va offshor hududlar orqali xorijdagi hisob raqamiga o‘tkazishga uringan vaqtlarida jinoyat ustida qo‘lga olingan. 

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida аniqlanishicha, ular o‘zlarining qabih niyatlari amalga oshgan taqdirda, go‘yoki bankning dasturiy taʼminotiga chet eldan xakerlik hujumi bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on maʼlumot tarqatishni rejalashtirishgan.

 

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bankdan 370 mlrd so‘m pul o‘g‘rilamoqchi bo‘lgan kiberjinoyatchilar ushlandi | Zamon.uz