Jahon

Rossiyada YouTube bloklanishi mumkin

“Roskomnadzor” bu haqida ogohlantirdi.

Rossiyada YouTube bloklanishi mumkin

Prezident maʼmuriyatiga yaqin manbaga ko‘ra, iyul-avgust oylarida YouTube‘ning ishlashi ayrim hududlarda yomonlashadi.

 

"Baʼzi hollarda saytning ishlashi sekinlashadi, boshqa holatlarda esa umuman ishlamasligi mumkin. Sentyabrda YouTube‘ni bloklash boshlanadi”, - deya manbaning so‘zlarini keltiradi “Gazeta.ru”.

 

12 iyul kuni “Roskomnadzor” Google kompaniyasi qurilmalaridagi texnik muammolar tufayli Rossiyada YouTube‘ning faoliyatida muammolar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Biroq “Meduza” nashri telekommunikatsiya bozoridagi manbaga tayanib, Rossiya Federatsiyasida YouTube‘ning ishlashini ataylab sekinlashtirish boshlangani haqida xabar berdi.

 

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, o‘z navbatida, jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Rossiya hukumati YouTube‘ga kirishni cheklashni rejalashtirmayotganini va servis faoliyatida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni uskunalardagi texnik muammolar bilan bog‘ladi.

custom img

Armanistonda Nestle bolalar ozuqasida xavfli toksin aniqlandi

Mahsulot Rossiyadan olingan laboratoriya tahlillari natijalariga asosan xavfli deb baholangan.

custom img

Eronda internet uzilishi 52 kundan oshdi — NetBlocks

Bu holat global miqyosda eng uzoq davom etgan milliy internet cheklovi sifatida qayd etilgan.

custom img

Isroil o‘z maqsadlariga erishmaguncha to‘xtamaydi — Netanyaxu

Isroil Bosh vaziri mintaqada istalgan vaqtda yangi voqealar yuz berishi mumkinligini ta'kidladi.

custom img

Hindistondagi pirotexnika fabrikasida sodir bo'lgan portlash oqibatida kamida 25 kishi halok bo'ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, portlash xavfsizlik qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

Eron urushda yutqazsa, O‘zbekistonga qanday taʼsir qiladi?

Eron va AQSH o‘rtasida qabul qilingan 14 kunlik otashkesimni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga qaramay. Isroil Livanga qarshi hujum boshlagan edi. AQSH rasmiylari kelishuvda Livan masalasi tilgan olinmaganini daʼvo qilmoqda. Ammo ikki mamlakat o‘rtasida vositachi rolini o‘ynagan Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Livan kelishuvda borligini aytmoqda. Xo‘sh, aslida vaziyat qanday, Eron bu borada qanday fikrda. Urush vaqtida Eron o‘zbekistonlik tadbirkorlarni himoya qiladimi? Shu kabi mavzularda Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan suhbatlashdik.

custom img

Yaponiyada 7,5 ballik zilzila sodir bo‘ldi

Mamlakatda sunami xavfi yuzaga keldi. Aholi evakuatsiya qilinadi.

custom img

Boltiqbo‘yi davlatlari Moskvadagi paradga boradigan Slovakiya yetakchisiga o‘z havo hududini yopdi

Robert Fitso 9-may paradida qatnashish uchun boshqa parvoz yo‘nalishini topishini aytdi.

custom img

Eron AQSH bilan navbatdagi muzokaralarda qatnashishni rad etdi

Shuningdek, AQSh vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Eron bilan muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazish uchun Islomobodga yo‘l olmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"