O'zbekiston

Huquqshunoslik fanidan testlar bo‘yicha eʼtirozlar to‘xtamayapti

Bilimlarni baholash agentligi ikkinchi bor munosabat bildirdi.

Huquqshunoslik fanidan testlar bo‘yicha eʼtirozlar to‘xtamayapti

Avvalroq OTMlarga kirish test sinovlarida huquqshunoslik fanlaridan darslikda yo‘q maʼlumotlardan, xususan, qonun va kodekslardan savollar tuzilgani haqida xabarlar tarqalib, BMB bunga rasmiy munosabat bildirgandi.

 

Shundan keyin ham ijtimoiy tarmoqda test savollari bo‘yicha eʼtirozlar to‘xtamayapti. Xususan, Rasul Kusherbayev ham bunga munosabat bildirib, agentlikni sudga berish kerakligini yozdi.

 

Agantlikka ko‘ra, huquqshunoslik fanlari tez o‘zgaruvchi ijtimoiy fan ekanligi, qonun hujjatlari yangilanishi bilan darslikdagi maʼlumotlar eskirishi, amaldagi qonun hujjatlari bilan har bir fuqaro muntazam tanishib borishini inobatga olish lozim.

 

Qonun hujjatlari yangi tahrirda qabul qilinsada, o‘quv dasturidagi mavzular o‘zgarmay qolaveradi. Yuqoridagilarni inobatga olib, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test sinovi materiallari amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida shakllantirilgan va test topshiriqlarining maʼno-mazmuni huquqshunoslik fanlari o‘quv dasturiga moslashtirilgan.

 

Abituriyentlar oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati ham agentlik saytida joylashtirilgan bo‘lib, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha test topshiriqlari normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda shakllantirilishi, qonun hujjatlariga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritilganda qonunning asl manbayi (O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi – lex.uz. sayti)ga murojaat qilinishi bo‘yicha ham maʼlumotlar eʼlon qilingan.

custom img

Rossiya bayrog‘i tushirilgan poyandoz ishi: o‘zbekistonlik ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

Qozondagi Bosh konsulxona ma’lum qilishicha, bunga Rossiya vakolatli idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida erishilgan.

custom img

Toshkentdagi Islom Karimov yodgorlik majmuasi atrofi aholi uchun ochilmoqda

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tutash 37 gektar hududni kompleks rivojlantirish ishlari boshlandi. Avvalroq Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi istirohat bog‘larini ko‘zdan kechirgandi.

custom img

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: "Prezident sovg‘alari" 25-avgustgacha maktablarga yetkaziladi

“Prezident sovg‘asi” tarkibiga 12 turdagi o‘quv qurollari hamda Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan davlat ramzlari tasvirlangan brelok kiritilgan.

custom img

Sirdaryoda farzandini kiyim ilgich bilan urgan ona 3 sutkaga qamaldi

Ayol farzandi maktabdagi to‘garakka bormasdan ko‘chada o‘ynab yurganidan jahli chiqqan.

custom img

Endi ekologik ekspertiza boshqacha ishlaydi: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-son qarori nimalarni o‘zgartirdi?

Yangi tartib loyihalarni ekologik xavfiga qarab baholash, byurokratiyani qisqartirish va xizmatlar shaffofligini oshirishni nazarda tutadi.

custom img

Samarqandda "Nurbuloq" sanatoriy-kurort shahri tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Tibbiy hamda sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish maqsadida Prezident qarori loyihasi tayyorlandi

custom img

O‘zbekistonda 2028-yilgacha go‘sht va sut ishlab chiqarish sezilarli oshiriladi

Yangi loyihalar hisobiga qo‘shimcha 190 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish va zamonaviy "Smart Fermer" tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

custom img

Saida Rametova og'ir judolikka uchradi

O‘zbekiston xalq artistining onasi Zahroxon Soliyeva 90 yoshida vafot etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"