Jahon

KXDR harbiylari delegatsiyasi rahbari Rossiyada cho‘kib ketdi

Uning jasadi bir kundan so‘ng suv yuziga qalqib chiqqan.

KXDR harbiylari delegatsiyasi rahbari Rossiyada cho‘kib ketdi

Shimoliy Koreya harbiylari delegatsiyasi rahbari Kim Kum Cheol Zelenograddagi “Angstrem” plyajiga dam olish uchun borgan. Oradan bir necha soat o‘tgach, uning hamkasblari uni topisha olmagan va politsiyaga murojaat qilgan. Ertasi kuni KXDR fuqarosining jasadi suv yuziga qalqib chiqqan.

 

Reutersʼning qayd etishicha, vafot etgan fuqaro Kim ir Sen nomidagi harbiy universitetga rahbarlik qilgan. Kim Kum Cheol Moskva va Pyongyang o‘rtasida umumqamrovli strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolanganidan so‘ng Rossiyaga ikki davlat o‘rtasidagi almashinuv doirasida kelgan elita delegatsiyaga rahbarlik qilgan. Tashrifning boshqa tafsilotlari hozircha maʼlum qilingani yo‘q.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar iyun oyida Putinning Pyongyangga tashrifidan so‘ng yangi impuls oldi. Janubiy Koreya radiosining maʼlum qilishicha, tashrifdan so‘ng, KXDR o‘zining injenerlik qo‘shinlarini Ukrainaning okkupatsiya qilingan hududlariga “tiklanish ishlari”ni amalga oshirish uchun jo‘natishni rejalashtirayotgani maʼlum bo‘lgan.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"