Jahon

Yevrokomissiya Ukrainaga yana 4,2 mlrd yevro ajratishni qo‘llab-quvvatladi

Biroq yangi paket hali Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Yevrokomissiya Ukrainaga yana 4,2 mlrd yevro ajratishni qo‘llab-quvvatladi

"Yevropa Ittifoqi kengashida qabul qilingandan so‘ng, ushbu mexanizm bo‘yicha Ukraina uchun YI tomonidan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 12 milliard yevroga yetadi", — deydi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

 

Yevrokomissiya qarorida qayd etilganidek, Ukraina moliyaviy yordam shartlari sifatida ilgari surilgan bir qator talablarni bajardi. Ular, xususan, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi yana-da samaraliroq kurashish bo‘yicha islohotlar, shuningdek, davlat kompaniyalari boshqaruvidagi o‘zgarishlar, milliy energiya va iqlim rejasini qabul qilish zaruratidir.

 

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Ukraina Rossiyadan o‘zini himoya qilib, mamlakatni yana-da tiklash va Yevropa Ittifoqiga aʼzolik sari olg‘a siljish uchun muhim islohotlarni amalga oshirmoqda, dedi fon der Lyayen. Uning qo‘shimcha qilishicha, u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yangi yordam paketini tezda tasdiqlashiga umid qilmoqda. 

 

2024 yil fevralida YI kengashi Ukrainaga 50 milliard yevrolik Yevropa yordam jamg‘armasini tashkil etishni maʼqulladi. 2024 yildan 2027 yilgacha, to‘rt yilga mo‘ljallangan ushbu mablag‘lar grant va kreditlar ko‘rinishida berilishi rejalashtirilgan. Ular Ukraina davlatining qisqa muddatli ehtiyojlarini ham, mamlakatni qayta qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha o‘rta muddatli vazifalarni hal qilishni ham taʼminlashi kerak. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Yevrokomissiya Ukrainaga yana 4,2 mlrd yevro ajratishni qo‘llab-quvvatladi | Zamon.uz