Jahon

Bayden shu haftada prezidentlik poygasidan chiqishi mumkin

AQSH prezidentiga partiya yetakchilari va yaqin do‘stlari tomonidan bosim kuchaymoqda.

Bayden shu haftada prezidentlik poygasidan chiqishi mumkin

"Bir qancha yuqori martabali demokratlar o‘zaro suhbatlarda partiya yetakchilari va yaqin do‘stlari tomonidan kuchayib borayotgan bosim AQSH prezidenti Jo Baydenni shu haftaning dam olish kunlari prezidentlik poygasidan chiqishga undashi mumkinligini aytmoqda", deb yozdi Axios nashri.

 

Taʼkidlanishicha, hozir kovid tufayli o‘zini yakkalab qo‘ygan 81 yoshli prezident ish bilan band. Ammo o‘zaro suhbatlarda u bosimning kuchayishi, so‘rovlardagi salbiy natijalar va adolatsiz tekshiruvlarga tan berganini aytgan. Bu esa uning saylovoldi kampaniyasini davom ettirishiga imkon bermayapti, dedi demokratlardan biri nashrga.

 

Manbalarning aytishicha, partiyaning yuqori martabali yetakchilari, do‘stlari va asosiy donorlari Bayden g‘alaba qozona olmaydi, yoshi va aqliy qobiliyati haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartira olmaydi va Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmaydi, deb hisoblaydi.

 

Demokratlarning Senatdagi yetakchisi Chak Shumer Trampga suiqasd uyushtirilgan kuni Baydenga saylovda qatnashishdan bosh tortsa yaxshiroq bo‘lishini aytgan.

 

Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi prezident Jo Baydenga shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan. Suhbat davomida u so‘rovlar prezident Donald Trampni mag‘lub eta olmasligini ko‘rsatayotganini aytgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Bayden shu haftada prezidentlik poygasidan chiqishi mumkin | Zamon.uz