Jahon

Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatida An-2 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

 

“Havo kemasi Derjavinsk shahridan 10 km uzoqlikda qulab tushdi. Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q”, - deyiladi xabarda.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tezkorlik bilan yong‘inni aniqladilar, hozirda yong‘in o‘chirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"