Jahon

Ukraina energiya taqchilligiga duch kelmoqda

Shu sabab bir nechta davlatlardan yordam so‘ralgan.

Ukraina energiya taqchilligiga duch kelmoqda

Ukraina energetika tizimi ishlab chiqarish quvvatlarining sezilarli taqchilligiga duch kelmoqda, shu sababli Ruminiya, Slovakiya, Polsha va Vengriyadan favqulodda yordam so‘raldi.

 

Ushbu mamlakatlardan kuniga 25 682 MVt/soat elektr energiyasi import qilinishi rejalashtirilgan. Vazirlik Dnepropetrovsk va Chernigov viloyatlarida isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda jiddiy qiyinchiliklar kuzatilayotganini maʼlum qildi.

 

Elektr taʼminotidagi cheklovlarning asosiy sababi - Rossiyaning energiya infratuzilmasiga hujumlaridir. Energetika vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, jami 9 GVt (18 GVtdan) ishlab chiqarish quvvati yo‘qotilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"