Bayden poygadan chiqqanidan keyin birinchi so‘rovda Xarris Trampni ortda qoldirdi
Ayni damda Tramp 42 foiz, Harris 44 foiz ovozga ega.

Ijtimoiy so‘rovnomalar bo‘lajak saylovda Kamala Harrisni yetakchi sifatida ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy so‘rovnomalar tahlili bilan shug‘ullanuvchi Ipsos Kamala Harris Trampdan 2 foizga ko‘proq ovoz bilan yetakchilik qilayotganini maʼlum qildi.
Iyul oyi boshida xuddi shu so‘rovnoma Trampni Baydendan oldinda ekanini taʼkidlagandi.







