Jahon

Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin

Hududlarda va xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar shaharga kirish uchun pul to‘laydi, shahar aholisining transport vositasiga yig‘im joriy qilinmaydi.

Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin

 24.kg xabar berishicha, Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri maʼmuriyati avtotransport vositalarining kirishi uchun yig‘im joriy etishni taklif qiluvchi qaror loyihasini ishlab chiqdi.

 

Qaror loyihasi maʼqullansa, shahar maʼmuriyati tomonidan yo‘llarda yig‘im qabul qiluvchi punktlar tashkil etiladi yoki avtomatlashtirilgan to‘lov tizimlari o‘rnatiladi. 1 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida avans to‘lagan haydovchilarga 30 foizlik chegirma beriladi.

 

Shahar aholisining transport vositasiga yig‘im joriy qilinmaydi.

 

Hududlarda va xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar quyidagi hollarda yig‘im to‘lashdan ozod etilishi mumkin:

 

— tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan yuklarni tashish;

 

— xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga va ularning filiallariga tegishli bo‘lishi;

 

— texnik yoki yong‘inga qarshi xizmatlarga, tez yordamga va boshqalarga tegishli;

 

— davlat organlariga tegishli.

 

Loyihada Bishkek shahri yo‘llariga kirmasdan umumiy foydalanishdagi yo‘llarda harakatlanayotganda yig‘im olinmasligi aytilgan.

 

Shaharda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin norezident davlat raqami bo‘lgan avtomashinalariga ega bo‘lgan shaxslarga avtomobillarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 10 kalendar kun muddat beriladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘iziston poytaxtiga avtomobilda kirish pullik bo‘lishi mumkin | Zamon.uz