Tramp Netanyahu bilan uchrashdi
“Barcha masalalar juda tez hal qilinadi”, degan sobiq AQSH rahbari uchrashuvda.

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu va uning rafiqasi bilan uchrashdi.
Uchrashuv AQSH sobiq rahbarining Floridadagi qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
“Agar biz g‘alaba qozonsak, hammasi juda oddiy bo‘ladi. Barcha masalalar juda tez hal qilinadi. Aks holda, bu Yaqin Sharqdagi yirik urushlar va ehtimol uchinchi jahon urushi boshlanishi bilan yakunlanadi”, — deya fikr bildirdi Tramp Netanyahu bilan uchrashuvda.







