O'zbekiston

Andijonda pora olgan organ xodimlari qamaldi

Ular 15 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgandi.

Andijonda pora olgan organ xodimlari qamaldi

Avvalroq Asaka tumani IIB tergov bo‘linmasining sobiq xodimi va prokuror o‘rinbosari qurilish firmasi rahbariga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib, aniqlangan zarar summasini kamaytirib berish evaziga 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangani xabar qilingandi.

 

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan joriy yilning 26 iyun kuni Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudida sudlanuvchilar X.A. va S.X.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi S.X. JKning 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

 

Sudlanuvchi S.X.ga nisbatan JKning 59,61-moddalari tartibida jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun uzil-kesil 2 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan va 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

 

Sudlanuvchi X.A. JKning 25,168-moddasi 4-qismining “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

 

Unga nisbatan JKning 59,61-moddalari tartibida jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun uzil-kesil 2 yil muddatga huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlash huquqidan va 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

custom img

Yangihayotda qurilayotgan masjidda yong‘in: qutqaruvchilar yetib bordi

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

custom img

Qalbaki pullar va “bosmaxona”: Namanganda 51,5 mln so‘mlik qalbaki pullar aniqlandi

Pullar tayyorlab sotganlikda gumonlangan ikki shaxs ushlangan.

custom img

Tirbandlik va xavfsizlik masalasi: Zangiotada yangi temiryo‘l o‘tkazgichi ochildi

Yangi inshoot transport oqimini tartibga solish, tirbandliklarni kamaytirish va haydovchi hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

custom img

17 ta oliygohda boshqaruv o‘zgardi: Oliy ta’lim vazirligiga yangi vakolatlar berildi

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

custom img

Irkutskdagi kasallik gumoni: O‘zbekistonda epidemiologik nazorat kuchaytirildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘ta xavfli yuqumli kasallikka gumon qilingan holat bo‘yicha vaziyat kuzatilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"