Eron Isroildan o‘ch olmasligi so‘ralmoqda
Bu bo‘yicha AQSH tomonidan xat yuborildi.

CNN xabariga ko‘ra, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Tehronda HAMAS rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishidan so‘ng o‘ch olmaslikni so‘rab Eronga xabar yuborgan.
Blinken Qatar hukumati rahbari va tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Al Taniy bilan suhbat chog‘ida undan bu xabarni Eron tomoniga va Livandagi “Hizbulloh” shia harakatiga yetkazishni so‘ragan. Manbaning taʼkidlashicha, Qatar shayxi AQSH Davlat kotibining iltimosini bajarishga rozi bo‘lgan.







