Rossiyadagi 5 qavatli turarjoy qulab tushdi
Oqibatda taxminan 15 ta uy vayron bo‘lgan.

Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida 5 qavatli turar-joy binosi gaz balloni portlashi oqibatida qulab tushdi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, vayronalar ostidan uchta yaradorni olib chiqishgan. Hozirgacha jabrlanganlar soni olti kishiga yetgan.
Portlash natijasida birinchi va ikkinchi kirish yo‘laklari joylari qulab tushgan. Taxminan 15 ta uy vayron bo‘lgan.
Hodisa joyiga Sverdlovsk viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi aeromobili jo‘natilgan.







