Turkiyada vertolyot halokatga uchradi
Hodisa oqibatida jabrlanganlar bor.

Juma kuni Adana viloyatidagi o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishda qatnashgan Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Vertolyot bortida besh kishidan iborat ekipaj, jumladan, uch nafar rossiyalik bo‘lgan. Ular qirg‘oqqa suzib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.
“Soat 16:20 da o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun bo‘limimiz tomonidan ijaraga olingan Mi-8 vertolyoti suv olish chog‘ida qulab tushdi va nomaʼlum sabab bilan suv omboriga quladi. Besh nafar ekipaj aʼzosi jarohat olgan”, — deyiladi departament matbuot xizmati xabarida.







