Ertaga Eron Isroilga hujum qilishi mumkin
Hujum “Hizbulloh” ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.

Axios nashriga ko‘ra, Eronning Isroilga hujumi dushanba kuniyoq amalga oshishi mumkin.
Eron va “Hizbulloh” rahbarlari “Hizbulloh”ning oliy harbiy qo‘mondoni Fuad Shukr va HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun qasos olishga vaʼda berishgan.
Shu bilan birga, amerikalik rasmiylar Eronning javob harakatlari 13 aprel kuni Isroilga qilingan raketa va dronlar hujumi ssenariysi bo‘yicha amalga oshirilishini kutmoqdalar. Biroq bu safargi hujum kengroq miqyosda va “Hizbulloh” ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.







